2024- yilning yanvar-aprel oylari holatiga Toshkent viloyatida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2,9 mln. so‘mni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,7 %ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqori hajm Yangiyo‘l shahar (6713,5 ming so‘m), Ohangaron shahar (6142,6 ming so‘m) va Zangiota (6466,1 ming so‘m) tumani hissasiga to‘g‘ri keldi.