29/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 5,2 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (14,8 %ini) tashkil etdi. 2024- yilning yanvar-aprel oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 21,5 %ga oshganligi kuzatildi.