29/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,0 %ga o‘sdi va 1223,1 mlrd. so‘mni tаshkil qildi.

Bu esa umumiy savdo hajmining 13,5 % ulushiga to‘g‘ri keldi. Yirik korxonalarning eng yuqori o‘sish sur’atiga ega hududlar Ohangaron shahrida 6,4 martaga va Bo‘ka tumanida 2,1 martaga o‘sgan.