28/05/2024

2024- yilning yanvar–aprel oylarida Piskent tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 282,1 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 102,2 %ni tashkil qildi. Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 8,0 % fermer xo‘jaliklariga , 60,8 %i dehqon xo‘jaliklariga va 31,2 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.