2024- yilning yanvar-aprel oylarida jami 2 281 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 832 ta
- sanoat sohasida – 474 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 166 ta
- qurilish sohasida – 127 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 220 ta
- tashish va saqlash sohasida – 59 ta
- axborot va aloqa sohasida – 56 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 37 ta
- boshqa sohalarda – 310 ta