24/05/2024

2024- yilning 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni har 1000 aholiga nisbatan 14,4 birlikni tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati eng yuqori ko‘rsatkich Zangiota tumanida 28,5 birlik, Ohangaron shahrida 24,2 birlik, Qibray tumanida 21,9 birlik, Parkent tumanida 17,5 birlik va Yuqori Chirchiq tumanida 16,7 birlikka yetdi.