24/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyat korxonalari tomonidan 35029,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,5 %ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 80,9 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 28322,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.