2024- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan Bekobod shahrida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 322,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,3 %ni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 40,6 mlrd. so‘mga, va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 281,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.