23/05/2024

2024- yilning yanvar-martida Toshkent viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 142,2 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 35,1 %ini tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Quyi Chirchiq tumani– 99,9 %, Bo‘ka tumani – 99,9 %, Bekobod tumani – 99,8 %, Qibray tumani – 97,8 %, Yangiyo‘l shahri – 97,6 %, Yuqori Chirchiq tumani– 93,3 %, Zangiota tumani – 97,7 % va Nurafshon shahri – 90,5 %ni tashkil qildi. Eng past ko‘rsatkich Olmaliq shahri – 4,1 %ni tashkil etdi.