2024- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida savdo xizmatlar hajmi 464,6 mlrd. so‘mga oshib, 2 796,2 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan jami savdo xizmatlarning o‘sish sur’ati 111,0 %ni tashkil etdi.
Chakana savdoning ulushi savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 70,2 foizni tashkil etdi.