21/05/2024

Joriy yilning 21- may kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Azimova tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ma’lumotlarini registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish ishlari amalga oshirildi hamda  kuzatuvni sifatli o‘tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.