2024- yil 1- may holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan xususiy korxonalar soni 3 715 tani tashkil etib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 1 739 ta
- sanoat sohasida – 487 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 199 ta
- qurilish sohasida – 184 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 353 ta
- tashish va saqlash sohasida –57 ta
- axborot va aloqa sohasida – 59 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 151 ta
- boshqa sohalarda – 486 ta