Joriy yilning 20-may kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahar statistika boʻlimi bosh mutaxassisi Z.Sadirdinova va Oqqo‘rg‘on tumani statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi Sh. Azimova tomonidan tumanda xizmat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati hamda 4-xizmat (JSh) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuvda xizmat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan dislokatsiya nuqtalariga borib, sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.