17/05/2024

 Toshkent  viloyati statistika boshqarmasi xodimlari nuroniylarni e’zozlash, hurmat ko‘rsatish va ulug‘ kunlarda ularning duolarini olish maqsadida statistika tizimida uzoq yillar mobaynida samarali mehnat qilib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olindi. O‘z navbatida, faxriylarimiz bunday eʼtibordan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʻzgʻorlarimizga baraka tilab, duolar qilishdi. Viloyat statistika boshqarmasi jamoasi ularga uzoq umr, mustahkam sogʻliq hamda xonadonlariga fayzu-baraka tilaydi.