13/05/2024

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar - mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 5 361,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,6 %ga ko‘p.

 Shu jumladan:

dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 5 068,5 mlrd. so‘mni (103,6 %),

o‘rmon xo‘jaligi – 243,7 mlrd. so‘mni (103,6 %),

baliqchilik xo‘jaligi – 49,4 mlrd. so‘mni (109,5 %) tashkil qildi.

 Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 11,9 %ni tashkil etdi.