09/05/2024

2024-  yilning yanvar-mart oylarida Oqqo‘rg‘on tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 258,3 mlrd. so‘mni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,1 %ni tashkil etdi.

Tumanda chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar  aylanmasi hajmi 6,6 mlrd. so‘mni va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarning  chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 251,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2,3 mln. so‘mni tashkil etdi.