2024- yilning yanvar- mart oylarida Toshkent viloyatida moliyaviy xizmatlarning hajmi 197,7 mlrd. so‘mga oshib, 1 255,3 mlrd. so‘mga yetdi. Umumiy bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 14,6 %ni tashkil etdi. Jami moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 112,5 %ni tashkil etdi.
Moliyaviy xizmatlarning tarkibida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar 93,5 foizni,sug‘urta bo‘yicha xizmatlar 3,8 foizni va yordamchi moliyaviy faoliyat 2,7 foizni tashkil etdi.
Sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar 1 173,6 mlrd. so‘mga yetdi.