07/05/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida, Toshkent viloyatida jami 3 563,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 111,1 %ni tashkil etdi. Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanganda yirik qurilish tashkilotlari  – 18,7 %ni, norasmiy sektor – 29,6 %ni, kichik korxona va mikrofirmalar - 51,7 %ni tashkil etdi.