22/04/2024

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 24 937,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 6,9 % ga o‘sdi.

YAHM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-mart oylari narxlariga nisbatan 112,0 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent viloyatining qo‘shgan hissasi 10,3 % ga yetdi.