18/04/2024

Joriy yilning 16-aprel kuni Statistika agentligida Open Data Watch xalqaro tashkilotining Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma’lumotlar va Gender Data Compass (Gender ma’lumotlari kompasi) reytinglari eksperti Jemison Xenninger bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1-7b5a6320_p17589

Ushbu tadbir YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida tashkil etildi. Mazkur tadbirda Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi hamda tegishli boshqarmalar xodimlari ishtirok etdi.

2-7b5a6351_p87173

3-7b5a6340_p79369

Tadbir davomida mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish, ochiq ma’lumotlar sifatini baholovchi ODIN hamda boshqa reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash, mamlakatimizda gender ma’lumotlarning sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda Ochiq ma’lumotlar portalida geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rganish kabi mavzularga to‘xtalib o‘tildi.

4-7b5a6365_p61986

Seminar yakunida Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma’lumotlar va Gender Data Compass reytinglarini olib boruvchi Open Data Watch tashkiloti vakili tomonidan mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirish, gender ma’lumotlari sifatini oshirish va O‘zbekistonnning ushbu yo‘nalishlarda yanada yuqori natijalarga erishish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

5-7b5a6344_p33915