18/04/2024

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 5-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qashqadaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi o‘zaro hamkorlikda  jamiyatda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha “Kelajakni korrupsiya illatidan asraylik” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

1-photo_2024-04-16_14-16-27-3_p58245

Ushbu seminar-treningda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boʻlimi boshligʻi Botir Melikmurotov soʻzga chiqib, dastlab Oʻzbekiston Respublikasining 2017- yil 3 -yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” OʻRQ-419-sonli Qonuni qabul qilinganligi, soʻngra ushbu Qonun ijrosini taʻminlash boʻyicha Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlari qabul qilinganligini ta’kidlab oʻtdi. 

2-photo_2024-04-16_14-16-27-2_p22133

Shu bilan bir qatorda, jamiyatda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida  har bir fuqaroning korrupsiyaviy illatlarga nisbatan murosasiz ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha bir qator samarali ishlarni olib borish zarurligi belgilandi.

3-photo_2024-04-16_14-16-28_p11432

Tadbir so‘nggida, Statistika agentligi hamda Qashqadaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi mutasaddilari o‘zaro hamkorlikda jamiyatda sog‘lom muhitni yaratish yuzasidan har chorakda bir marta ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda seminar-trening va davra suhbatlari o‘tkazishni kelishib oldilar.