08/04/2024

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada parrandalarning umumiy bosh soni 103 046,5 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 105,8 % ni tashkil etdi.

Parrandalar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (16,3 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

Shu bilan birga, Samarqand (14,9 %) va Andijon (10,6 %) viloyatlarida ham parrandalar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.