Joriy yilning 4-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari hamda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu ushrashuv Hind-Tinch okeani imkoniyatlari loyihasi doirasida farmatsevtika mahsulotlarini Osiyoga yetkazib berish zanjirini mustahkamlash hamda O‘zbekiston farmatsevtika sanoati tijoratining salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir davomida loyihada mavjud ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish, O‘zbekiston farmatsevtika sanoati tijoratini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.