03/04/2024

2024- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 1 592 tani, shundan qo‘shma korxonalar 509 ta va xorijiy korxonalar 1 083 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

  • Savdo sohasida – 525 ta
  • Sanoat sohasida – 672 ta
  • Qurilish sohasida – 68 ta
  • Axborot va aloqa sohasida – 15 ta
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 95 ta
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 36 ta
  • Tashish va saqlash sohasida – 31 ta
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 10 ta
  • Boshqa sohalarda – 140 ta