2024- yil 1- mart holatiga koʻra, savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 085 taga yetdi.
Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo sohasidagi ulishi 62,3 foizni;
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo sohasidagi ulishi 30,4 foizni;
- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 7,3 foizni tashkil etdi.