Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida INHA universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Soobong Shin boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘zaro hamkorlik va boshqa masalalarni muhokama qilish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev boshchiligidagi agentlik xodimlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institiuti o‘qituvchilari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda INHA universiteti delegatsiyasi qatnashdi.
Shuningdek, Soobong Shin ishtirokchilarga Biznes boshqaruvi (MBA in digital transformation) 1+1 magistrlik dasturining o‘ziga xos afzalligi va qulayliklari to‘g‘risida taqdimot qildi.
Tadbir yakunida Soobong Shin taqdimot yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob berdi.
Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.