28/03/2024

Joriy yilning 28- mart kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 11- sonly umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish” boʻlimi boshlig‘i U. Sattorov hamda maktab rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Seminar jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazishning mazmun-mohiyati, uning tarixi, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar va tushintirishlar berildi.