Joriy yilning 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filialida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali talabalari hamda onlayn tarzda Sankt-Peterburg davlat universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida Statistika agentligi Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Mamadaliyev Odiljon Toirovich agentlik faoliyati, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish metodologiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarorning mazmun-mohiyati bo‘yicha taqdimot qildi.
Shuningdek, Aholini roʻyxatga olish, Gender statistikasi, Barqaror rivojlanish maqsadlari, statistik maʼlumotlarning ochiqligi hamda nufuzli reyting va indekslarda qayd etilayotgan natijalar borasida batafsil axborot berildi.
Uchrashuv yakunida Statistika agentligi mutaxassislari talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berib o‘tishdi hamda bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.
Faol qatnashgan talabalar uchun turli statistik toʻplamlar va kitoblar sovgʻa qilindi.