2024- yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 354,6 mlrd. so‘mga yetdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,4 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida ko‘rsatilgan xizmatlarining eng yuqori ulushi Zangiota (9,7 %), Qibray (8,6 %) tumanlarida va Olmaliq shahrida (7,1 %)ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 1 771,5 ming. so‘m miqdorida qayd etildi.