26/03/2024

Joriy yilning 11–15-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich boshchiligida markaziy apparat xodimlari hamda ESKATO ekspertlari – Richard Tonkin, Erik Diben va Sergey Gusev ishtirok etishdi.

1-7b5a4511hy6h3_p78042

Ushbu tadbirlar “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi milliy statistika idoralarining yangi, innovatsion va keng koʻlamdagi ma’lumotlar manbalaridan foydalanish salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida “Narxlar statistikasi ma’lumotlarini takomillashtirish va raqamlashtirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

2-65opopoop333_p73433

Uchrashuvda ekspertlar O‘zbekiston Respublikasida narx ma’lumotlarini to’plash uchun joriy qilingan web-scraping, skan-data ma’lumotlaridan foydalanish tajribasi bilan tanishdilar. Bundan tashqari Soliq qo‘mitasi vakillari bilan uchashuvda soliqdan integratsiyasi kanali oqali olinayotgan ma’lumotlar bo‘yicha munozaralar o‘tkazildi. Shuningdek ekspertlar rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalari bilan tanishtirib o‘tdilar va narxlar statistikasi ma’lumotlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.

3-7b5a4537222_p56488

Tadbirlar davomida yig‘ilish ishtirokchilariga Geoaxborot tizimlari ma’lumotlari (GIS), shuningdek, yerni masofadan zondlash, aerokosmik tasvirlar orqali olingan sur’atlar yordamida qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish, ulardan qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikada samarali foydalanish bo‘yicha respublikamizdagi amaldagi holat hamda mazkur yo‘nalishda dunyoning ilg‘or mamlakatlari tajribalari to‘g‘risida taqdimot namoyish etildi.

4-7b5a4525663_p41138

Shu bilan birga, tadbirga taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining mas’ul hodimlari tomonidan tizimga oid ma’lumotlar hamda sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berib o‘tildi.