Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – “Mahallabay” va “Fuqarobay” tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.
Statistika agentligidan tuzilgan ishchi guruhi aʼzolari Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironlar holidan xabar olib kelmoqda.
Navroʻz bayrami munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbirlarida ham kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, keksalar va nogironlar, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berilib, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatildi.
Ishchi guruhi aʼzolari Bekobod shahridagi mahallalarda uyma-uy yurib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da roʻyxatga olinganlarga alohida eʼtibor qaratib, ularga ham roʻzgʻor uchun kerak boʻlgan eng zarur mahsulotlar, yaʼni un, shakar, yogʻ, guruch, makaron va poliz mahsulotlarini yetkazib berib, muammolari oʻrganilmoqda.
Navroʻz bayrami arafasida bu kabi xayrli ishlarning amalga oshirilishi eng ezgu amallardan biri boʻlibgina qolmay, “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama himoya qilish – davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.