19/03/2024

Joriy yilning 18-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1-7b5a5330_p88697

Shuningdek, vebinarda xodimlarga investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

2-7b5a5336_p20882

Vebinar yakunida Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

3-7b5a5339_p63936