19/03/2024

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 974,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 103,5 ming nafarga yoki 11,9 % ga oshgan.

Joriy yilning dastlabki 2 oyida eng koʻp quyidagi mamlakatlar fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan (nafar):

Tojikiston — 363,4 ming;

Qirgʻiz Respublikasi — 291,1 ming;

Qozogʻiston — 155,9 ming;

Rossiya — 77,9 ming;

Turkmaniston — 20,2 ming;

Turkiya —14,3 ming;

Hindiston — 7,0 ming;

Xitoy  — 5,5 ming;

Janubiy Koreya — 5,4 ming;

Belarus — 2,2 ming;

Boshqa davlatlar — 31,3 ming.