18/03/2024

2023- yilda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 22 148,6 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 69,4 % ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 111,0 %ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Zangiota tumani (1 919,8 mlrd. so‘m), Chirchiq shahri (1 814,7 mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (1 612,8 mlrd. so‘m), Qibray tumani (1 564,6 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (1 456,7 mlrd. so‘m), Angren shahri (1 361,4 mlrd so‘m) va Bo‘stonliq tumani (1192,0 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.