18/03/2024

2024- yilning yanvar oyida Toshkent viloyatining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 137,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi 97,2 mlrd.so‘m, qo‘y va echkilar 18,8 mlrd. so‘mni, otlar 21,2 mlrd. so‘mni, parrandalar 0,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.