18/03/2024

Toshkent viloyati bo‘yicha  2023- yilda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 18 128,2 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,0 %ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 47,7 %ni tashkil qildi.

Barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan bir yil mobaynida 641,7 ming tonna don va dukkakli don yetishtirildi.

Don va dukkakli don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 48,7 %i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.