16/03/2024

Mamlakatimizda “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish va atrofni obodon holga keltirish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xayriya hashariga Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham o'z hissalarini qo'shib, faol ishtirok etishmoqda. Erta tongdan ahil jamoa a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashdi.

Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.