Joriy yilning 14-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Statistika agentligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda Statistika agentligi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Jomolov Muzaffar Mirzoxitovich “O‘zbеkiston Rеspublikasida qurilish ishlari statistikasi hajmini shakillantirish” mavzusida taqdimot qildi.
Taqdimotda Oʻzbekiston Respublikasi qurilish statistikasi koʻrsatkichlarining besh yillik dinamikasi, oʻsish surʼatlari va unga ta’sir etuvchi omillar toʻgʻrisida maʻlumot berildi.
Davra suhbati yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish hamda talabalar uchun amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.
Statistika agentligi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.
Faol qatnashgan talabalarga turli statistik toʻplamlar va kitoblar sovgʻa qilindi.