Toshkent viloyatida 2023- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 26 242,7 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 87,1 %ini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 103,0 %ni tashkil qildi.
Yillar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdodagi hajmi:
2018 yil - 12,4 trln. so‘m
2019 yil - 15,7 trln. so‘m
2020 yil - 17,4 trln. so‘m
2021 yil - 20,1 trln. so‘m
2022 yil - 21,8 trln. so‘m
2023 yil - 26,2 trln. so‘m