14/03/2024

Joriy yilning 14- mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Quyi Chirchiq tumanidagi 11-maktab va 41-maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 5-fevraldagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmonining mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Unda “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U. Sattorov hamda Quyi Chirchiq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i I. Kamolov ishtirok etib, aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish, yashash shart-sharoitlarini yaxshilash va boshqa ma'lumotlar haqida axborot berdi.