Joriy yilning 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi xodimlari uchun tadbirkorlik statistikasiga oid ko‘rsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga boְ‘limga tegishli statistik hisobotlarni sifatli tayyorlash, hamda tuman/shahar-viloyat-respublika darajasida tizimli tashkil etish tartibi batafsil tushuntirildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi xodimlariga o‘tkazilgan vebinar masalalari bo‘yicha test savollari berilib, ularning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi baholandi.