13/03/2024

Joriy yilning 13-mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari X. Igamberdiyev hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi intervyuyeri X.Qurbonova tomonidan Bo‘stonliq tumani “Aydarali” MFY, Ucharik ko‘chasi, 95 xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuvda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashib, kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’siri o‘rganildi.