13/03/2024

2023- yilning yanvar-dekabrida Toshkent viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 605,9 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 32,6 %ini tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Quyi Chirchiq tumani– 98,9 %, Bekabod tumani – 97,7 %, Bo‘ka tumani – 97,3 %, Yangiyo‘l shahri – 97,2 %, Qibray tumani – 95,3 %, Yuqori Chirchiq tumani– 90,8 %, Zangiota tumani – 88,2 % va Toshkent tumani – 86,8 % ni tashkil qildi. Eng past ko‘rsatkich Olmaliq shahri – 3,3 %ni tashkil etdi.