12/03/2024

Joriy yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

1-7b5a4511_p92676

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich boshchiligida markaziy apparat xodimlari hamda ESKATO ekspertlari – Richard Tonkin, Erik Diben va Sergey Gusev ishtirok etishdi.

2-65opopoop_p32794

Ushbu ushrashuv “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi milliy statistika idoralarining yangi, innovatsion va keng koʻlamdagi ma’lumotlar manbalaridan foydalanish salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.

3-7b5a4537_p95874

Shuningdek, tadbir davomida loyiha doirasida mavjud statistik ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish, narxlar statistikasi, ma’lumotlar infratuzilmasini yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatish jarayonlari, geofazoviy ma’lumotlardan foydalanish va ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

4-7b5a4525_p17066

Uchrashuvda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar hamda statistika sohalarida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) missiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.