11/03/2024

Toshkent viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar oyida 159,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 54,5 mln. AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import 105,2 mln. AQSH dollari qiymatida qayd etildi. Toshkent viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori hajmlari Rossiya (35,6 %), Qozogʻiston (4,8 %) hamda Tojikiston (2,7 %) davlatlari bilan qayd etildi.