11/03/2024

2024- yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida nikohdan o‘tganlar soni 21 307 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 890 taga kamaygan.

 Nikohdan o‘tganlarning eng yuqori ko‘rsatkichi  Parkent tumanida 1 507 ta, Yangiyo‘l  tumanida 1 492 ta, Bekobod tumanida 1 337 ta va Angren shahrida 1 224 tani va eng past ko‘rsatkich esa Nurafshon shahrida 344 ta va Ohangaron shahrida 175 tani tashkil etmoqda.

Nikoh tuzish koeffitsiyentining avvalgi yilga nisbatan eng ko‘p pasayishi Yangiyo‘l (2,5 promillega) va Olmaliq (2,2 promillega) shaharlarida kuzatildi.