11/03/2024

Toshkent viloyati bo‘yicha 2024- yilning yanvar oyida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 315,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 2023- yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga o‘sdi. Bu esa umumiy savdo hajmining 16,2 foiz ulushiga to‘g‘ri keladi.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning eng katta ulushi Bo‘stonliqda (15,0) foiz, Zangiotada – (13,2) foiz, Toskent tumanida (9,3) foiz hamda Chirchiq shahrida – (9,0) foiz kuzatildi.