07/03/2024

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari boshqarma xotin-qizlarini 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar» kuni bayrami bilan tabriklab sovg‘alar topshirishdi.

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi sizlarni go‘zallik va nafosat timsoli bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Sizlarga uzoq-umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik xotirjamlik, qut-baraka, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Bahoriy kayfiyat yil davomida hamrohingiz bo‘lsin.