07/03/2024

Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Dusnaev Sherzod Ergashevich “Statistika va ekonometrika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda “Moliya” fakulteti talabalariga "Demografiya va aholini roʻyxatga olish sohasidagi yangilanishlar"  mavzusida taqdimot qildi.

photo1709631244

Taqdimotda demografik koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻyicha uslubiy nizomdagi soʻngi oʻzgarishlar va mamlakatimizda aholinini roʻyxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida maʻlumot berildi.

photo1709631242-9

Tadbir yakunida Statistika agentligi mutaxassisi tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berib oʻtdi hamda bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazish hamda talabalar uchun ham amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.

photo1709631243-2