06/03/2024

2024- yilning yanvar  oyida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1036,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 13,9 %ni tashkil etdi. Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Zangiota (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi (11,3 %), Toshkent (12,5 %), Yuqori Chirchiq (8,9 %) tumanlarida kuzatildi.